O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 33 YILLIGI TANTANALI NISHONLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan korxonamizda yuksak ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tkazilgan tadbir davlatimiz Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilishga qaratildi. Tadbirning asosiy g‘oyasi — “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” — asosiy tamoyillarni o‘zida mujassam etgan holda, xodimlarimizni qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi vakili, korxona sex va bo‘lim boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, Konstitutsiyamizda belgilangan huquqiy demokratik tamoyillar, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji va inson huquqlarining kafolatlanishi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
So‘ng, korxonaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari o‘z chiqishlarida muhim masalalarga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan nuroniylarga, xotin-qizlarga va yoshlar qatlamiga ko‘rsatilayotgan davlat e’tibori. oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha islohotlar, gender tenglikni ta’minlash, ayollar faolligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatining jamiyat barqarorligi va taraqqiyotidagi o‘rni yoritib berildi.
Shuningdek, Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil etilgan Ijodiy insholar tanlovi yakunlariga ko‘ra, sovrindorlar korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy diplomlar bilan taqdirlandi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati