Ру O`z En

8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN STOL TENNISI BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

Korxonamizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari izchil davom etmoqda. “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur sport tadbiri korxonaning jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etildi. Unda jamiyatimizda samarali mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar ishtirok etib, o‘zaro sport mahoratini sinovdan o‘tkazdilar. Musobaqa jarayoni professional hakamlik mezonlari asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning texnik tayyorgarligi, tezkor reaksiyasi, taktik fikrlashi va koordinatsion qobiliyatlari baholandi.

Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi xodimlar faxrli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin – Yuldasheva Nargizaxon, Sifat nazorati bo‘limi nazoratchisi;

2-o‘rin – Ibragimova Dilfuza, Korporativ boshqarmasining qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi;

3-o‘rin – Abduraxmonova Nozima, Xlorat magniy defoliyanti sexi apparatchisi. 

Eslatib o‘tamiz, barcha g‘olib va sovrindorlar yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan asosiy bayram marosimida korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tantanali ravishda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech