TEMIR YO‘L TRANSPORTI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN KORXONADA BIR GURUH XODIMLAR TANTANALI E’TIROF ETILDI
Har yili avgust oyining birinchi yakshanba kuni mamlakatimizda Temir yo‘l transporti xodimlari kuni keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan, bugun jamiyatimizda ham bayramona ruhda tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida korxonada ko‘p yillar davomida sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan, o‘z kasbiga fidokorona yondashayotgan bir guruh xodimlar jamiyat rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan korxona rahbariyati vakillari barcha temir yo‘l sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab, ularning mehnati korxonaning barqaror ishlashi va yuk tashish tizimining uzluksiz faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Xodimlar ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirof uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatlarida yanada mas’uliyat bilan ishlashga va’da berdilar.
«Farg‘onaazot» AJ Matbuot xizmati