Ру O`z En

Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan korxonamizda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi

Bugun, 30-sentabr korxona majlislar zalida, 1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tarqibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar jamiyatimizda uzoq yillar samarali mehnat qilib, kelajak avlodni tajriba va bilim olishiga munosib hissa qo‘shgan fidokor xodimlar ko‘pchilikni tashkil qilishini alohida qayd etildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan bir qator fidoiy xodimlarga korxona rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlari, esdalik sovg‘alari hamda bayram tabrigi yetkazildi.

Bu eʼzoz va ehtirom kasb egalari – xodimlarni ustozlik faoliyatiga bo‘lgan chuqur hurmat va qadriyatning amaliy ifodasi boʻldi.

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech