Ру O`z En

“KIMYOGAR” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA “DOLZARB 30 KUN” TADBIRI DOIRASIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI

“Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Dolzarb  30 kun”  tadbiri  “Farg‘onaazot” aksiyadorlik  jamiyatining MM, XT, AMM va XIChO SX, boshqarmasi hamda OBYXTTEB  xodimlari bilan  hamkorlikda  bolajonlar uchun  ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan bolalarga yongʻin xavfsizligi qoidalari, oʻt oʻchirishning birlamchi vositalaridan foydalana olishga oʻrgatish hamda yong‘in o‘chirish avtomobili asbob-anjomlarini ko‘rgazmali namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tgan tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi.

 

“Farg‘onaazot” Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech