Ру O`z En

“KIMYOGAR” BOLALAR DAM OLISH MASKANI O‘Z ESHIKLARINI OCHDI

Korxonaning “Kimyogar” bolalar dam olish maskani o‘z faoliyatini boshlaganligi bois, 285 nafar ishchi-xodimlar farzandlari mamnuniyat bilan oromgohga yo‘l oldilar.       

      Oromgoh boshlanguniga qadar jamiyat tomonidan yotoqxonalar, ma’muriy va maishiy binolar ta’mirlandi, hudud obodonlashtirildi.  Shu o‘rinda, bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Toshkent va Farg‘ona shaharlaridan teatr jamoalari taklif etilgan bo‘lib, ular ta’til davomida o‘z chiqishlari bilan bolajonlarni shod etadilar. Turli tanlovlar, viktorinalar va sport tadbirlari tayyorlandi. Bu sport musobaqalari uchun  sport anjomlari xarid qilindi. Bolalarni muntazam ravishda turli xil, vitaminlarga boy 4 mahal ovqat bilan ta’minlash uchun mohir oshpazlar jalb etildi. Oromgohdagi badiiy adabiyotlarga boy kutubxona, 2 ta boshlang‘ich va o‘rta maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan suzish havzasi  esa doimo bolalar xizmatida.

      Asosiysi, bolalarni sog‘lig‘idan kun-u tun boxabar bo‘lish, ularni ko‘zdan kechirish maqsadida sog‘liqni saqlash markaziga tajribali pediatr va hamshira jalb etilgan.  Maktab o‘quvchilarini hordiq chiqarishlarini sifatli tashkil etish uchun korxona ma’muriyati bolalar bilan ishlashga katta tajribaga ega kadrlarni jalb qildi. Ma’lumot o‘rnida, “Kimyogar” bolalar dam olish maskaning xodimlaridan tashqari, 43 nafar mavsumiy ishchi bolalarga g‘amxo‘rlik qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bolajonlar yozgi ta’tillarini mazmunli va maroqli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bolalar oromgohda naqafat jismoniy, balki ma’naviy va ma’nan ham hordiq olib qaytadilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech