Ру O`z En

KORXONANING ISHLAB CHIQARISH SEXLARIGA TASHRIFLAR DAVOM ETMOQDA

Jamiyatning jamoat tashkilotlari tomonidan doimiy tarzda sexlar va boshqarmalar ishchi-xodimlari bilan ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, psixologik va intizomiy masalalarda ishlanib kelinmoqda. Mazkur mavzulardagi  seminarlar kuni kecha Xo‘jalik va Aloqa sexlarida o‘tkazildi.

      Seminarda Odob-axloq Kodeksi, ma’naviy madaniyat, ayollar huquq va himoyalari, mehnat intizomi, yoshlarga oid davlat siyosati kabi mamlakatimizda dolzarb bo‘lgan mavzularda ma’ruzalar qilinib, psixologik ochiq suhbatlar, treninglar o‘tkazildi.

     Ta’kidlash lozimki, bunday seminarlar xodimlarni yaqindan bilish, individual yondoshish va jamoada do‘stona, sog‘lom muhitni yaratishga xizmat qilib kelmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech