KORXONADA IBRATLI OILANING HAMSHIRA QIZI SHIORI OSTIDA “HAMSHIRA – 2025” TANLOVI O‘TKAZILDI
Bugun korxonamizning Davolash-sog‘lomlashtirish diagnostika sexida “Ibratli oilaning-hamshira qizi” shiori ostida “Hamshira - 2025” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbir korxonaning Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va DSDS tomonidan tashkil etildi. Tanlov 12-may – Hamshiralar kuni va 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi tibbiyot xodimlari orasida o‘z kasbining mohir egalarini aniqlash va e’tirof etish, xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek, kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat edi.
Tanlovda ishtirok etgan DSDSni turli bo‘limlarida o‘z mehnat faoliyatini yuritayotgan hamshiralarga o‘z bilim va malakalarini namoyish etishga ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Har bir ishtirokchi o‘z chiqishlarida mehnat faoliyatini va ishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtda oiladagi o‘z vazifalarni aks ettiruvchi videoroliklar, savollarga javob berish orqali esa o‘z bilimlarini namoyish etishdi va DSDS mehnat jamoasi hakamlar hay’atini e’tiboriga sazovor bo‘ldilar.
Tanlov natijalari bo‘yicha sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
⦁ 1-o‘rinni poliklinika bo‘limi doyasi Mamatova Shaxloxon egalladi.
⦁ 2-o‘rinni tibbiyot punkti hamshirasi Srajiddinova Barnoxonga nasib etdi.
⦁ 3-o‘ringa esa Mirxanova Navruzaxon va Axunjanova Umidaxon loyiq deb topilishdi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari korxona kasaba uyushmasining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir nafaqat ishtirokchilarning ustunliklarini aniqlashga, balki ularning o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Biz barcha g‘oliblarni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi mehnat faoliyatida omad tilaymiz!
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati