Ру O`z En

8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI ARAFASIDA SHASHKA BO‘YICHA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Jamiyatimizda 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlar o‘rtasida shashka bo‘yicha intellektual-sport musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida korxonaning jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan faol xotin-qizlar ishtirok etdi. Musobaqa “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida o‘tkazilib, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Shuningdek, bahslar yuqori raqobat muhiti, strategik fikrlash, analitik yondashuv va taktik rejalashtirish ko‘nikmalarining namoyoni bilan ajralib turdi. Intellektual bellashuvlar professional etika va halollik tamoyillari asosida olib borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin Boltaboyeva Nilufar — Mochevina ishlab chiqarish sexi kimyoviy tahlil laboranti

2-o‘rin Omonova Odinaxon — Xlorat magniy defoliyanti sexi apparatchisi

3-o‘rin Abdullayeva Zamira — Sanitar laboratoriya kimyoviy tahlil laboranti

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar yaqin kunlarda tantanali taqdirlash marosimida korxona rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech