Ру O`z En

“DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida 2-sanoat maydonida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi, FVB OYXTTEB xodimlari, shuningdek, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash departamenti alohida batalyoni bilan hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbatlari shaklida tashkil etilgan profilaktik tadbir davomida olovli hamda gazga xavfli ishlarni qanday tartibda olib borish lozimligi yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari doirasida ko‘rgazmali texnik vositalar namoyish etildi hamda ularning ishlatilishi amalda namoyon qilindi.

Tadbir davomida ishchi-xodimlar yong‘in va boshqa xavfli holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

        

                                                         “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech