Ру O`z En

“DOLZARB 30 KUN”: YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TADBIRLARI BOSHLAB YUBORILDI

Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar “Dolzarb  30 kun”  e’lon qilingan bo‘lib, mazkur tadbirlar doirasida  “Farg‘onaazot” AJ  Sanoat xavsizligi boshqarmasi  hamda  FVB  OYXTTEB  xodimlari  hamkorlikda  korxonaning  2- sanoat  maydoni  ishchi-xodimlari ishtirokida Bug‘ qozon  sexida  ko‘rgazmali  profilaktik  tadbir tashkil  etildi. 

Tadbirda  ishchi-xodimlarga  yong‘inlar va turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqishi, bunday vaziyatlarda qanday harakatlarni  amalga  oshirish  kerakligi  to‘g‘risida  to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek,  tadbir  davomida  ishchi-xodimlarning  bilim  va  ko‘nikmalarini  oshirish maqsadida  yong‘in  o‘chirish  mashg‘uloti  o‘tkazilib,  unda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari, sohada  qo‘llanilayotgan  texnikalar  va ularning  imkoniyatlari  namoyish  etildi.

Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlar  sanoat  va  yong‘in  xavfsizligi  qoidalari yuzasidan turli savollar bilan soha vakillariga yuzlandi va atroflicha javob olinib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech