Ру O`z En

“YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Ma’lumki, mamlakatimizda 1–30 dekabr kunlari o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida korxonamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ish jarayonlarida xavf darajasini minimallashtirish va xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir “Jihozlarni markazlashgan ta’mirlash” hamda “Elektr jihozlarni markazlashgan ta’mirlash” sexlari xodimlari uchun amaliy va nazariy yo‘nalishlarda olib borildi.

Mazkur tadbir jamiyatning Tartib-maxfiy boshqarmasi, Qutqaruv otryadi, Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash departamenti alohida batalyoni, shuningdek, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi huzuridagi obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limi mutaxassislari hamkorligida tashkil etildi.

Mutaxassislar tomonidan tadbir ishtirokchilarga quyidagi mavzular bo‘yicha kengaytirilgan ma’lumotlar yetkazildi, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar, is gazidan zaharlanishning oldini olish usullari, gaz-havo aralashmasining chaqnashi xavflari va ularning oqibatlari, kimyoviy moddalardan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talablari, olovli va gazga xavfli ishlarni tashkil etishda texnika xavfsizligi me’yorlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirning amaliy mashg‘ulotlar qismida xodimlar yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, xavfli vaziyatlarda evakuatsiya tartiblari, birlamchi yong‘inga qarshi vositalarni ishga tushirish, xavfli zona bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamladi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech