“OILAVIY HUQUQ TARG‘IBOTI OYLIGI” DOIRASIDA “ERKAKLARNING OILA VA JAMIYATDAGI O‘RNI” MAVZUSIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 28-yanvar kuni, korxonaning faollar zalida bo‘lib o‘tgan seminar korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida oilalar parokandaligini oldini olish va oilalarda mehr-hurmatni yanada oshirish kabi bosh g‘oyani o‘z ichiga olgan.
Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev so‘zlariga ko‘ra, korxona rahbariyati, oilalarining mustahkamligini saqlash, farzandlar ko‘zlaridagi baxt va quvnoq bolalikni saqlab qolishga bor kuch va mehnatlarini sarflaydi. Shuningdek, barcha jamiyatimiz erkaklarining oila farovonligidagi o‘rni juda katta. Shuning uchun barcha erkaklar oila qo‘rg‘oni, Vatanimizga munosib, mas’uliyatli, jasur bo‘lishlari shart.
Shu o‘rinda, tadbirga tashrif buyurgan soha mutaxassislari Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo‘limi bosh yuriskonsulti Yahyo Zulpixorov, Farg‘ona shahar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Ilhom Mirzaaxmedov va “Nur” masjidi imomi Jahongir Toshtemirovlar mavzuga oid ibratli va huquqiy ma’ruzalar qilishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati