Ру O`z En

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA XAVFSIZLIK BO‘YICHA KENG QAMROVLI PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Korxonaning Xlorat magniy defolianti sexida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash hamda betalafot o‘tkazish bo‘yicha yirik miqyosdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Tartib-maxfiy boshqarmasi, Qutqaruv otryadi, Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi alohida batalyoni, shuningdek Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida ishchi-xodimlarga xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni minimallashtirish, yong‘inlar profilaktikasini kuchaytirish va yong‘in xavfsizligi standartlariga rioya etilishini ta’minlash, zilzila sodir bo‘lganda evakuatsiya algoritmi va xavfsiz harakatlanish tartibi, korxona hududida ichki mehnat intizomi va xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbirning ko‘zlangan asosiy maqsadi — korxona xodimlarining kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, xavfsizlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlarida barqaror, xavfsiz muhitni ta’minlashdan iborat.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech