Ру O`z En

KORXONA TA’MIRLASH QURILISH SEXIDA PROFILAKTIK TADBIR TASHKIL ETILDI

Jamiyatning  Sanoat  xavfsizligi  boshqarmasi, Qutqaruv otryadi va FVB  OYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda  xavfli  ishlab  chiqarish obyektlarida   sanoat  xavfsizligini  ta’minlash, yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini   oshirish,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar,  yong‘inlar,  is  gazidan  zaharlanish,  gaz-havo  aralashmasining  chaqnashi,  shuningdek,  turli  xil kimyoviy  moddalardan  zaharlanishlar  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni  oldini  olish, olovli va gazga xavfli ishlarni qay tartibda olib borish yuzasidan  korxonaning  Ta’mirlash qurilish sexi ishchi-xodimlariga  nazariy  profilaktik  davra suhbati hamda  ko‘rgazmali  texnikalar  namoyishi  tashkil  etildi.

Tadbir davomida ishchi-xodimlarga barcha jarayonlar amaliy ko‘rsatib berildi.

Ta’kidlash lozimki, tashkil  qilib  borilayotgan tadbirlardan asosiy ko‘zlangan maqsad  - korxona ishchi-xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib borishdan iboratdir.

 

 

                                                   “Farg‘onaazot” Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech