QISH MAVSUMINI BETALOFAT O’TKAZISH MAQSADIDA KORXONADA MASHG’ULOTLAR O’TKAZILDI
Bugun, jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi va FVB OYXTTEB xodimlari hamkorligida korxonaning Karbamid ishlab chiqarish sexida sanoat xavfsizligi va qish mavsumida yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ular yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi.
Shuningdek, ishchilarning sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Profilaktik tadbir ishchi-xodimlarning xavfsizlik masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va korxonada xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
Korxonada sanoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati