Ру O`z En

JAMIYATIMIZDA “KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH” HAMDA “15-NOYABRDAN 15-DEKABRGACHA BO‘LIB O‘TAYOTGAN YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA AMALIY TAKTIK MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI

Korxonaning  Sanoat  xavfsizligi  boshqarmasi, Qutqaruv otryadi  hamda  FVB OYXTTEB  xodimlari  hamkorlikda  xavfli  ishlab  chiqarish  obyektlarida  “Avariyalarni  bartaraf  etish  rejasi”  bo‘yicha  ko‘rgazmaviy amaliy taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda jamiyatning  Azot  kislotasi  ishlab  chiqarish  sexining  725 - binosida   joylashgan   ZD 3/2  qurilmasidan  ammiakni  atrof  muhitga  sizib  chiqishi  bilan   bog‘liq  avariya  sodir  bo‘lganda amalga oshirili lozim bo‘lgan xatti – harakatlar ko‘rsatib berildi. Avariya  natijasida  jabrlangan   ishchi-xodimlar  tezkor   xizmatlar,  ya’ni  Qutqaruv  otryadi, Yong‘in-qutqaruv  qismi,  Tibbiy  xizmati  va  Idoraviy  harbiylashtirilgan  qo‘riqlashni  jalb  qilgan  holda   insonlar  hayoti  uchun  zararli  modda  tarqalgan  hududni  qurshab  olib,  odamlarni  zararlangan  hududdan  ko‘rgazmaviy olib  chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi mashg‘ulotlar xodimlarga favqulodda vaziyatlar holatida to‘g‘ri harakatlanishni, o‘zi va boshqalarni betalofat olib chiqib ketilishini ta’minlab beradi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech