Ру O`z En

XLORAT-MAGNIY DEFOLIANTI SEXIDA SANOAT VA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Joriy yilning 19 - fevral kuni, jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Davolash-sog‘lomlashtirish diagnostika sexi va FVB OYXTTEB xodimlari hamkorligida korxonaning Xlorat  magniy  defolianti sexida sanoat xavfsizligi va qish mavsumida yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Davra suhbati shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ular yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi hamda, ishchilarning sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirning amaliy qismida XMD sexi ishchi xodimlariga yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishdi va yong‘inga qarshi texnika va jihozlar namunalari bilan tanishdilar.

Profilaktik tadbir ishchi-xodimlarning xavfsizlik masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va korxonada xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech