Ру O`z En

JAMIYATNING HAVO AJRATISH SEXIDA MUHIM VA DOLZARB MAVZULAR BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Seminar korxona rahbariyati tomondan imzolangan O‘quv dasturi doirasida, jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarida tartib-intizomni yanada yuqori saviyada yo‘lga qo‘yish, ma’naviyat, korrupsiyani oldini olish, “Odob-axloq Kodeksi”, “Oilaviy huquq targ‘iboti oyligi”, yoshlar hamda xotin-qizlar masalalariga alohida e’tibor qaratish maqsadida o‘tkazildi.

Havo ajratish sexining ma’naviyat xonasida o‘tkazilgan seminarga boshqaruv raisi maslahatchisi E. Abdullayeva, boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Sirojov, Komplayens xizmati boshlig‘i G‘. Jabborov va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis U. Axundjanovalar tashrif buyurdilar.

Sex ishchi – xodimlariga ma’ruzachilar tomonidan odob-axloq, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar hamda xotin – qizlar bilan yaqindan ishlash, ularni korxona hayotiga jalb qilish, ichki intizom, korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy ongni yuksaltirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, oilalar parokandaligi oldini olish, farzandlar tarbiyasi, ota-ona munosabatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur seminarlar korxona tarkibiy bo‘linmalarida har haftaning chorshanba, payshanba kunlari davom ettiriladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech