TASHRIF: INDORAMA GROUP DIREKTORI PRAKASH KEJRIWAL “FARG‘ONAAZOT” АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТИДА
Joriy yilning 14-iyul kuni jamiyatga Indorama Group kompaniyasi direktori Prakash Kejriwal tashrif buyurdi.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxonadagi modernizatsiya jarayonlari bilan tanishish, mavjud holatni o‘rganish va kelajakdagi rejalarni belgilab olish edi. Korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov hamda Ishlab chiqarish texnik boshqarmasi boshlig‘i Qobil Nazirovlar unga hamroh bo‘ldilar.
Tashrif davomida Ammiakli selitra ishlab chiqarish sexida mahsulot sifati va tayyor mahsulotni yuklash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, Karbamid ishlab chiqarish sexida Chiller (sovutish) qurilmasining montaj ishlari ko‘zdan kechirildi. Bu tizimni zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, kapital ta’mirlash ishlari doirasida Ammiak sexini kompleks ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi va bu borada muhim takliflar bildirildi.
Indorama vakilining tashrifi korxonamizni xalqaro talablar asosida rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va global hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadami bo‘ldi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati