JAMIYAT SEXLARIGA TASHRIFLAR DAVOM ETMOQDA
Jamiyatda korxona rahbari tashabbusi bilan reja asosida tarkibiy bo‘linmalarda seminarlar uyushtirish bo‘yicha O‘quv dasturi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, haftaning har chorshanba, payshanba kunlari, har bir sexlarda xodimlar ishtirokida tartib-intizom, ichki tartib-qoidalar, korrupsiyaga qarshi kurash, “Odob-axloq Kodeksi” mazmun - mohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar, xotin-qizlar, murojaatlar bilan ishlash, xodimlar masalalari va xodimlar ijtimoiy himoyasi mavzulari bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, mavzuga oid ma’lumotlar berilishi hamda bular bo‘yicha ishchilar bilan yaqindan ishlash belgilab qo‘yilgan.
Mazkur seminar bugun, 30-yanvar kuni Aloqa va Xo‘jalik sexlari xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
Ma’ruzachilar seminarda odob-axloq, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar hamda xotin – qizlar bilan yaqindan ishlash, ularni korxona hayotiga jalb qilish, ichki intizom, korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy ongni yuksaltirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.
Shuningdek, tashriflar davomida psixologik treninglar o‘tkazilib, ish joylarida ishchilarda do‘stona kayfiyat yaratish, ularning oilaviy va kasbga taalluqli muammo va kechinmalari bilan yaqindan tanishish, xodimlarning psixologik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati