KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!
Bugun, 2025-yilning 21-fevral kuni Farg‘ona viloyati FVB OYXTTEB xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida hamda ma’naviyat va ma’rifat, oilalar parokandaligini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.
Seminarda boshqaruv raisi maslahatchisi E. Abdullayeva, komplayens xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov, boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Sirojov va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi U. Ahunjanovalar soha mutaxassislari tomonidan mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Aytib o‘tish lozimki, bu kabi seminarlar xodimlarda poraxo‘rlikka murosasiz munosabatda bo‘lish, oilalarda o‘zaro hurmatni saqlab qolish, farzand tarbiyasi, yoshlarimizda vatanparvarlik, halollik hissiyotlarini yanada kuchaytirish, to‘g‘ri kelajak qurishga da’vat etish, tartib-qoidalarga amal qilish hamda milliy ma’naviyatimizni kuchaytirishga xizmat qilib kelmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati