Ру O`z En

KORXONADA VOLEYBOL TURNIRI O‘TKAZILDI

Joriy yilning, 7-avgust kuni korxonada sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur bellashuvda korxonaning tarkibiy bo‘linmalaridan shakllangan erkak va ayollar jamoalari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, korxona xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashishi, ischi- xodimlarni sportga keng jalb qilishda alohida o‘rin tutadi.

Voleybol turnirida faol ishtirok etib, yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar korxona ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech