Ру O`z En

“XALQLAR DO‘STLIGI KUNI”

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati ko‘pmillatli jamoa bo‘lib, unda 22 ta turli millat vakillari ahil-inoqlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Bir-birlari bilan qardosh bo‘lib ketgan millatlar do‘stlik, bag‘rikenglik va birdamlikni kabi munosabatlarini aks ettirib kelishayotganligi juda quvonarlidir. Shu munosabat bilan 30-iyul Xalqlar do‘stligi kuni jamiyatda keng nishonlandi.

       Mazkur kun 2011-yilning 3-mayida BMT Bosh assambleyasi tomonidan e’lon qilingan mazkur kun xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni, tinchlikni ta’minlash, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, mamlakatlar  qarashlariga harmatni ko‘zlagan. Shuning uchun, ko‘pmillatli korxonada jamuljam, ittifoqlikda ishlab kelayotgan millatlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda millatlarning urf-odatlari, milliy kiyimlari, taomlari va qarashlari ko‘rsatib berildi. Tadbir korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi va xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi tomonidan tashkil etildi.  

  Tadbirda yurtimizda millatlararo hurmat, birdamlik va mehr tuyg‘ulari doimo hukumron bo‘lishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Shu o‘rinda, o‘zaro hamjihatlik osuda hayot, farovon turmush tarzini ta’minlash borasida so‘zlar yuritildi.  “Indorama” kompaniyasi vakili Vivek Avrora o‘z nutqida “Indorama” kompaniyasi nomidan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatiga qo‘shilganliklaridan mamnun ekanliklarini aytib o‘tdi. Jamiyat bundanda rivojlanishiga tilak bildirdi.

   So‘ng, turli millat vakillari o‘z milliy liboslarida millatlarining an’analari, urflari va taomlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Tadbirning salomlashish qismidan so‘ng o‘zbek, rus, hind, gruzin, tojik va qirg‘iz millatlari raqslari namoyish etildi.

   Urushni qoralaydigan tanchlik, do‘stlik va birdamlikni targ‘ib qilgan ta’sirli videorolik esa barcha tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘nggida barcha millatlarning shar misolida tinchlikni, o‘zaro do‘stlikni aks ettirgan chiqishlari kechaga yakun yasadi.

  

E’zozxon ABDULLAYEVA

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech