Ру O`z En

«XAVFSIZ VA RAVON YO‘L» MAVZUSIDA SEMINAR-YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida Farg‘ona shahar IIO FMB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari, korxona mas’ul xodimlari, shuningdek, Avtotransport sexini xaydovchilari ishtirokida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Seminar-yig‘ilish o‘tkazishdan asosiy maqsad joriy yilning 11 fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan masalalarni yoritish va tushintirishni ko‘zlangan. Seminarda Farg‘ona shahar IIO YHXB katta inspektorlari katta serjant A.Soloxidi va  katta serjant A.Ismatov so‘zga chiqdilar. Ular o‘z nutqlarida “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari mazmun mohiyatini yig‘ilish qatnashchilarga batafsil tushintirib o‘tishdi.     Shu o‘rinda, yo‘l harakati qoidalariga va sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlarni aytib o‘tdilar. Seminar ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda korxonadagi mavjud avtotransport vositalariga videoregistrator o‘rnatish taklifi kiritildi.  

 Yig‘ilish yakunida Logistika boshqarmasi boshlig‘i A.Ismailov va Avtotransport sexi boshlig‘i Sh.Zokirovlar avtotransport haydovchilarini yo‘llarda hushyorlikni yanada oshirishga chaqirib, avtotransport vositalarini texnik soz holda bo‘lishi va yo‘llarda yo‘l xarakat qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech