Ру O`z En

XAVFSIZLIK TEXNIKASI KUNI

2021 yilning 2-dekabr kuni korxonamizning majlislar zalida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan noyabr oyi yakuni bo‘yicha “Jarohatsiz mehnat” shiori ostida yig‘ilish  tashkillandi.

Yig‘ilish “Xavfsizlik texnikasi kuni”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sexlar va bo‘limlar boshliqlari, muhandis-texnik xodimlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Korxona boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov yig ‘ilishni ochib berar ekan MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarma boshlig‘i F.Abdurahmanovdan qilingan ishlar borasida xisobotlarni barcha ishtirokchilarga etkazish taklifini berib o ‘tdi.

            Kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha F.Abdurahmanov so‘z olib, yig‘ilish qatnashchilariga joriy yilning noyabr oyi yakuni bo‘yicha korxona ishchi xodimlari tomonidan MM, XT, AMM, SX va YoX mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhit muhofazasi, sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan, prezentatsiya ko‘rinishdagi ma’lumotlarni taqdim qildi. Bunda asosan, ko‘rilgan chora-tadbirlarni tanqidiy tahlil qilish bilan birga,  ijobiy natijalarga erishgan sexlarni boshqalarga nisbatan o‘rnak qilib ko‘rsatib o‘tildi.

            Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millaboev yuqorida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan korxonada texnika xavfsizligi, sanoat xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilish maqsadida, tegishli rahbar xodimlarga qat’iy, aniq ko‘rsatmalar  va topshiriqlar berib o ‘tdi.

 

 

 

FargonaazotAJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech