XODIMLAR KASB MAHORATI VA MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
Korxonamizda xodimlar malakalarini oshirish oliy o‘rinlardan biriga aylanib bo‘lgani barchaga oydek ma’lum. Zero, bilimli, zehni o‘tkir yosh kadrlar har bir tashkilot, muassasani yuqori darajaga ko‘tarilishining asosiy mezonlaridan biridir.
Jamiyatimiz boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot “Farg‘onaazot” AJ ishchi-xodimlarining kasb mahorati hamda malakasini oshirish, shuningdek, yosh xodimlardan boshliq lavozimlariga “zaxira” kadrlari, oliy toifali mutaxassislar tayyorlash masalalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur seminarda korxona yoshlari, bosh mutaxassislari ishtirok etdilar. Unda korxonamiz rahbari mas’ul mutaxassislariga bu borada tegishli topshiriqlar berib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha jamiyatda bir qator ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati