Ру O`z En

XODIMLAR SALOMATLIGI ASOSIY VAZIFALARDAN BIRI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom ayol-buyuk kelajak” g'oyasi bilan Respublikada sportning “Gimnastrada” (Gimnastika barcha uchun) turini yanada rivojlantirish hamda  Farg'ona viloyati hokimligining “Sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, piyoda yurishni ommalashtirish orqali fuqarolar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini targ‘ib qilish shuningdek, mahalliy hokimliklarda, boshqarma va tashkilotlarda haftada ikki kunni sport kuni etib belgilash to‘g‘risida”gi dasturi boyicha “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida bir talay ishlar amalga oshirilmoqda

  Korxona boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Salomatlik uchun 5000 qadam” va “Gimnastrada” sport turlari shular jumlasidandir. Korxonada har seshanba kuni boshqarma xodimlari va har payshanba kuni sex xodimlari uchun belgilanganligi jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlar salomatligi asosiy vazifalardan biri ekanligini yaqqol namunasidir. 

  Ushbu sport kunida 100 ga yaqin ishchi xodimlar ishtirok etdilar. Tadbir korxona Yoshlar Kengashi tomonidan tashkil etildi.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech