Ру O`z En

“XON ATLAS” FESTIVALI

Milliyligimiz ramzi, faxri va buvilarmiz siymosi bo‘lgan xon atlas barcha ayol va qizlarimizga birdek yarashadi. Ayniqsa bu libos ommaviy ko‘rinishda kiyilsa.

    Hozirgi kunda an’analarimizga bo‘lgan hurmat, milliyligimizni ulug‘lashdek yuksak hislarni korxonamiz xodimlari o‘rtasida yanada kuchaytirish maqsadida, jamiyatimizda “Xon atlas” festivali tashkil etildi.

    Festivalda korxonamizning xodimalari o‘zlarining bir-biridan chiroyli, jozibador xon atlasdan tikilgan liboslari bilan ishtirok etdilar. Festival korxonaning  yana bir oddiy ish kuniga bahor nafasini, go‘zallik havosini olib keldi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech