Ру O`z En

XOTIN-QIZLAR BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sanobar Abduraxmаnova “Farg‘onaazot” AJ xotin-qizlarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligʻini saqlash, malakasini oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida korxona mas’ullari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etdi.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Sanobar Abduraxmanova barchani kirib kelayotgan mustaqillik bayrami va korxonaning 60 yillik yubileyi bilan samimiy qutladi. Korxona ayollarining oilaviy shart-sharoitlari, ishda va hayotda to‘qnash kelayotgan muammoli vaziyatlari, ularni qiynayotgan savollari to‘g‘risida suhbatlashdi va muammolar yechimlari, korxona xotin-qizlarining takliflari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini aytib o‘tdi.

Shu o‘rinda, har tomonlama ijtimoiy koʻmakka muhtoj ayol ishchi-xodimlar bilan alohida suhbat qildi. Suhbat ularni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari doirasida kechdi. Suhbat so‘nggida Sanobar Maxammadaminovna aksariyat ayol-xodimlardan tarkib topgan markaziy kimyo laboratoriyasi sexiga tashrif buyurdi. U yerda sex xodimlari bilan yaqindan tanishib, ma’naviyat xonalarini ko‘zdan kechirib chiqdi.


“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech