XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDAGI STOL TENNISI MUSOBAQALARI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Avval xabar berilganidek, “Farg‘onaazot” AJda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan jamiyatda mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazilayotgan edi.
Joriy yilning 5 – mart kuni bo‘lib o‘tgan musobaqa stol tennisi sport turiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘yinlarda korxonada faoliyat yuritayogan 20 ga yaqin ayollar faol ishtirok etishdi. Musobaqaga qur’a tashlangan xolda turnir setkasi shakllantirildi. Qizg‘in va murosaziz kechgan bahsda to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rinni Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi navbatchi hamshirasi – Nodira Yo‘ldasheva;
2-o‘rinni Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi navbatchi hamshirasi – Nigoraxon Madalieva;
3-o‘rinni Sifat nazorati va standartlarga rioya qilish bo‘limi tekshiruvchisi – Nargiza Yuldasheva;
4-o‘rinni esa Jixozlarni markazlashgan ta’mirlash sexi smetachisi – Irodaxon Muxammadovaga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati