Ру O`z En

XOTIN – QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA UCHRASHUV

Korxonada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni ulug‘lash, jamoadagi ayollar huquqlarini har tomonlama himoya qilish, gender tenglik masalalari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish, ularni tazyiq,  zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida  doimiy ravishda targ‘ibot  ishlari olib borilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv aynan shu masalalarni qamrab oldi. Uchrashuvda xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sherzod Karimov ham ishtirok etdi.

     Manzura Alimova o‘zining nutqida Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar natijasida davlatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, ya’ni, ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida meʻyoriy-huquqiy baza xalqaro standartlar asosida takomillashtirilib, tashkiliy-institutsional baza mustahkamlanishi, strategik va konseptual hujjatlar qabul qilinib, ularning ijrosi ta’minlab kelinayotganini qayd etdi. Gender tenglik, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligini  maʻlum qildi.

     Uchrashuv so‘ngida ochiq muloqot o‘tkazilib, ayollar savol va takliflari eshitib chiqildi. Tashkilotchilar tomonidan muammolar yozib olinib, ularga ijobiy yechim topilishi aytildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech