XOTIRA – MUQADDAS, XOTIRA - SHARAF
Keksalarni qadrlash, nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni hozirgi barkamol hayotimizda erishgan yutuqlarimizda singgan mehnatlarini yodimizga muhrlash, e’tirof etish biz kelajak poydevorlarining zimmasidadir. Ajdodlarimizni xotirlash, e’zozlash korxonamizda an’anaga aylangan bir pallada joriy yilning 4-may kuni jamiyatning majlislar zalida yosh xodimlar ishtirokida “9 may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Sirojov ochib berar ekan, yoshlarga hozigi kunimiz ne’mati bo‘lgan tinchligimizga ota-bobolarimizning mashaqqatli xizmatlari tufayli erishganligimiz, mustaqillik shukronasi va Vatan qadri to‘g‘risida so‘z yuritdi.
So‘ng, boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari U. Millabayev, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I. Abduvohidovlar mavzuga oid nutq so‘zladilar. Tadbirga tashrif buyurgan Farg‘ona Davlat universiteti falsafa fanlari nomzodi, sirtqi bo‘limi ijtimoiy – gumanitar kafedrasi o‘qituvchisi SH. Qodirov, falsafa fanlari doktori S. Sohibov, ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi A. Vosiljonov, psixologiya o‘qituvchisi R. Usmonovning mamlakatimiz tarixi, shuningdek, tinchligi, milliy totuvligini saqlash hamda mamlakat fuqarolari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida olib borayotgan siyosati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbir psixologiya bo‘yicha qiziqarli savollardan iborat viktorina bilan o‘z yakuniga yetkazildi.
“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati