Ру O`z En

“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN” NOMLI QO‘SHIQLAR TANLOVI VA TAQDIRLASH KECHASI

Mustaqillik bu – oliy ne’mat. Uni qadrlash, takror va takror tilga olish esa  ulkan baxt. Bugungi O‘zbekiston farzandlari Vatan tuyg‘usini kuy-qo‘shiqlarga solib ko‘ylashdek baxtga ega ekan uni madh etishdan charchamaydilar.

     Qudratli Davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida mamlakatimizning barcha joylarida bayram shukuhi barq urib turibdi. Shu o‘rinda, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatda ham bayramga bag‘ishlangan tadbirlar boshlab yuborilgan.

      Bugun, 25-avgust kuni korxonaning majlislar zalida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovni boshqaruv raisi Dilshod Mannonov o‘zining nutqi bilan ochib berdi. Barcha hamyurtlarimizga  sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik, yurtimizga tinchlik, omonlik tilagan holda tanlovni ochib berdi.     Shuningdek, Indorama kompaniyasi nomidan Mr. Shalish Deokumar Jain butun O‘zbekiston xalqini tabriklab o‘tdi.

    Ko‘rik-tanlovga vokal sohasida ustalari, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasining xodimlari Umidjon Azimov, Murodjon Ibrohimov, Abubukir Bosafaqulovlar jalb etildi.  Hakamlar ishtirokchilarni professional va havaskor qo‘shiq yo‘nalishida baholab bordilar.

    Tanlov natijalariga ko‘ra, havaskor yo‘nalishi bo‘yicha 1- o‘rinni Xo‘jalik sexi xodimalari Risolat Abdusattorova va Nodira Teshaboyevalar, 2- o‘rinni XMD sexi xodimasi Ozoda Kenjayeva hamda 3- o‘rinni Tashqi suv ta’minoti sexi xodimasi Feruza Nomonjonovalar, professional yo‘nalishida 1-o‘rinni Qutqaruv otryadi xodimi Mirzohid Ahmedov, 2- o‘rinni Suv bug‘ ta’minoti sexi xodimi Mirzohid Sodiqov va 3-o‘rinni DSDS xodimasi Sohiba Ibragimovalar egalladilar. G‘oliblar diplomlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandilar. Shu o‘rinda, faol ishtirokchilarga kitoblar jamlanmasi hadiya etildi.

    Tanlov so‘ngida Davlatimiz mustaqilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz!” shiori ostida ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan  insholar tanlovi g‘oliblari, ya’ni, 1- o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rinni egallaganlarga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech