YANGI QONUN: KADASTR HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH BORASIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 5-avgust kuni “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Qonun bilan korxona tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlarini yaqindan tanishtirish maqsadida jamiyatning Yuridik bo‘limi boshlig‘i N. Mahkamova hamda boshliq o‘rinbosari M. Qayumovlar tomonidan seminar o‘tkazildi.
Tashkilotchilar seminarda qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini aytib o‘tdilar.
Shuningdek, bir martalik umumdavlat aksiya, ortiqcha egallangan yer uchastkasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib, yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazorati xam o‘rnatilishi, bu nazorat fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdilar.
“Farg‘onaaazot” AJ matbuot xizmati