Ру O`z En

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA MAZMUN-MOHIYATINI TUSHUNTIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Seminarda Konstitutsiyadagi yangi o‘zgartirishlar, qo‘shilgan moddalar, ularning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashi deputati Manzura Ashurova slayd shaklida korxona xodimlari va rahbarlariga taqdim etdi va xalq tilida tushuntirib berdi. 

     Shuningdek,  “Farg‘onaazot” AJning yuridik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmud Kayumov tomonidan Konstitutsiyada insonlar manfaatlariga alohida e’tibor qaratilganligi  to‘g‘risida nutq so‘zlandi.

    Seminar jarayonida barcha boshliqlarga ishchi-xodimlar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borish va bu borada ma’lumotlar berish lozimligi ta’kidlandi. Chunki, “Konstitutsiya – xalqniki” va mamlakatimizdagi katta siyosiy jarayonda har bir fuqaro ishtiroki muhim ekanligi аyondir.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech