“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI AMALDA
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 10 dekabrga qadar yurtimizning shahar va tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilgan edi.
Bu borada viloyatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasini qamrab olgan hududlarda ishlar qizg'in olib borilmoqda. Shuningdek, atrof-muhit muhofazasiga befarq bo'lmagan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Xususan, korxonaga tutash, maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etilmoqda. Korxona tomonidan loyiha asosida jami 34 ming 500 daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan. Hozirda bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar jamiyat rahbariyati tomonidan yo'lga qo'yilgan bo'lib, tabiatimizni gurkirab yashnashiga katta hissa qo'shilmoqda.
Bugun ham ana shunday xayrli tadbirlardan biri Sanoat ko‘chasida tashkil etildi. Unda korxona boshqaruvi raisi yetakchiligida mas’ullar, bo‘lim va sex rahbarlari tomonidan shaxsiy namuna hamda yuqori jonbozlik ko‘rsatilib, 600 tup pavloniya va 620 tup eldor qarag‘ayi daraxtlari ekildi.
Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 40 kunlik” jamiyatga tutash hududlar, jamiyatning ichki va tashqi hududlarida belgilangan reja asosida davom etmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati