Ру O`z En

"Yashil yillik" umummilliy tadbiri korxonamizda ham keng miqyosda davom etmoqda

Barchamizga ma’lumki, Prezident 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini ma’lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda.

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab ushbu loyiha keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus ko‘p millatli korxonamiz jamoasini ham bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Jumladan, “Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida  jamiyatimiz ishchi-xodimlari tomonidan korxonaga tegishli bo‘lgan  hududlarga daraxt ekish tadbiri qizg‘in davom etmoqda.

 

"Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech