YOLG‘ON AXBOROT TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI
Qonunga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun tegishli kodekslarga ma’muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha (202-2-modda)ga ko‘ra:
• Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50 baravari (1 fevralgacha 11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
• Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50–100 baravari miqdorida (22 mln 300 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha (244-6-modda)ga ko‘ra:
• shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 150 baravarigacha (33 mln. 450 ming so‘m) miqdorida jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
• jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (44 mln. 600 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.