Ру O`z En

“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA “DOLZARB 30 KUN” TADBIRI O‘TKAZILDI

Mamlakatimiz bo‘ylab 10-iyuldan 10-avgust kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Dolzarb  30 kun”  tadbiri  “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining MM, XT, AMM va XIChO SX, FM va FV  boshqarmalari hamda OBYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda  korxonaning  2- sanoat  maydoni  ishchi-xodimlari  ishtirokida ko‘rgazmali  profilaktik  tadbir tarzida o‘tkazildi.

    Tadbirda  ishchi-xodimlarga  yong‘inlar va turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqishi va bunday hollarda qanday harakatlarni  amalga  oshirish lozimligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilib, yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatildi. Shuningdek,  tadbir  davomida  ishchi-xodimlarning  bilim  va  ko‘nikmalarini  oshirish maqsadida  yong‘in  o‘chirish  mashg‘uloti  o‘tkazilib, sohada  qo‘llanilayotgan  texnikalar  va ularning  imkoniyatlari  namoyish  etildi.

     Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlarga  sanoat  va texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya   etish  bo‘yicha  yana  bir bor  eslatmalar  berib  o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech