Ру O`z En

“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

Mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan, shu munosabat bilan, korxonada chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. 

Navbatdagi profilaktik tadbirlardan biri, 6-dekabr kuni, jamiyatimizning Xlorat magniy  defolianti  ishlab chiqarish  sexida o‘tkazildi.

Tadbir, korxonaning  Sanoat  xavfsizligi, Tartib  maxfiy  boshqarmalari,  Qutqaruv  otryadi,  Idoraviy  harbiylashtirilgan  qo‘riqlash,  Milliy gvardiya,  FVB  OYXTTEB  xodimlari    hamkorligida tashkil etildi. 

Profilaktik tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad,  xavfli  ishlab  chiqarish  obyektlarida  sanoat  xavfsizligi, yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini  oshirish,  2024 - 2025  yillardagi  kuz-qish  mavsumini  betalafot  o‘tkazish, yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  is  gazidan  zaharlanish,  gaz-havo  aralashmasining  chaqnashi shuningdek  turli  xil  kimyoviy  moddalardan  zaharlanishlar  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni   oldini  olish bo‘lib, tadbirda I-sanoat  maydoni ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish,  birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha o‘quv mashqlari hamda texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlarga  sanoat  va  yong‘in  xavfsizligi, QO-1, QO-2, QO-3  qoidalariga  qat’iy  rioya  etish  bo‘yicha  yana  bir  bor  eslatmalar  berib  o‘tildi.

Korxonamizda  “Kuz-qish”  mavsumini betalafot o‘tkazish hamda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi  tadbirlar  davom   etmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech