“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
Xabaringiz bor mamlakatimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.
Joriy yilning 25 noyabr kun, jamiyatimizning I-sanoat maydoni ishchi-xizmatchilarga, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ‘ibot va tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Keng ko‘lamli profilaktik tadbir, korxonaning Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi va FVB OYXTTEB xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha o‘quv mashqlari hamda texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat va yong‘in xavfsizligi, QO-1, QO-2, QO-3 qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tildi.
Korxonamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ga bag‘ishlangan tadbirlar davom etadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati