YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA “DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek, hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar “Dolzarb 30 kun” e’lon qilingan bo‘lib, mazkur tadbirlar doirasida “Farg‘onaazot” AJning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda korxonaning sexlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.
Mazkur profilaktik tadbirlardan biri joriy yilning 24-iyul kuni Soda ishlab chiqarish sexining ishchi – xodimlari uchun tashkil etildi. Tadbirda xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi, bunday vaziyatlarda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida to‘liq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari va qoidalari, sohada qo‘llanilayotgan texnikalar va ularning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir so‘nggida ishchilar sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalari yuzasidan turli savollar bilan soha vakillariga yuzlanishdi va atroflicha javoblar oldilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati