Ру O`z En

“YOSH SAYLOVCHI-2021” AKSIYASI DOIRASIDA SAYLOV OLDI TARGʻIBOTI

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Yosh saylovchi-2021” aksiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan  targ‘ibot tadbiri korxonadagi yosh saylovchilarni joriy yil 24-oktyabr kuni o‘tkaziladigan ovoz berish jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratildi. Mamlakatimiz xayotida siyosiy voqelik bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi borasida o‘tkazilgan tadbirga Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Orzigul Qozihonova, 11-Farg‘ona okrugi saylov komissiyasi a’zosi Odiljon Umarov, korxorna rahbariyati, bosh mutaxassislar hamda 150 ga yaqin faol yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda korxonaga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan davlatimiz yoshlarini ijtimoiy-siyosiy bilimini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida yoshlarni huquqiy axborot bilan ta’minlash, saylovga oid yangiliklar to‘g‘risida, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo‘llash “Yosh saylovchi-2021” elektron platformasi tizimi yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida yoshlarga tushunchalar berildi.

-  Saylov jarayonlarida ishtirok etish xar bir kishining jamiyatdagi fuqarolik pozisiyasini belgilab beradi. Saylov komissiyalari a’zolari bilan o‘tkazilgan bu kabi muloqotlar esa yoshlarimizni mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutgan Prezidentlik saylovida yanada faol bo‘lishga undaydi. Uchrashuv chog‘ida yoshlarimiz yangi saylov qonunchiligiga doir o‘zgartirish va yangiliklar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar – deydi korxona yoshlar masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi maslahatchisi Nurmurod Sirojov.

    Ochiq va samimiy tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda korxona yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

 

“Farg’onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech