YOSH XODIMIMIZ YUTUG'I
Korxonamizning faol va iqtidorli yosh mutaxassislaridan biri — Savdo bo‘limi xodimi Inomjon Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomladi!
Bu natija — korxonamizda yosh kadrlar salohiyatini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor yuqori ekanining yaqqol dalilidir.
Eslatib o‘tamiz, Inomjon Nabiyevdan avval ham – mazkur nufuzli kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan korxonamizning bir nechta yoshlari ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salohiyatini oshirishga muvaffaq bo‘lishgan!
Inomjon Nabiyevga kelajakdagi ishlarida ulkan zafarlar, yangi g‘oyalar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Ishonchimiz komilki, u olgan bilim va ko‘nikmalari bilan korxonamiz rivojiga munosib hissa qo‘shadi.