YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Jamiyatning majlislar zalida “Farg‘onaazot” AJ yoshlari, Farg‘ona shahrida joylashgan Koreya Xalqaro Universiteti vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining O‘zXDP fraksiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Farg‘ona shahrida joylashgan Koreya Xalqaro Universiteti prorektori Park Tae Kyung universitetda yaratilgan imtiyozlar, sharoitlar va imkoniyatlar bilan korxona yoshlarini tanishtirib chiqdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv so‘ngida yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining O'zXDP fraksiyasi a'zolari Sh.O‘ktamov hamda N.Sirojovlar ham yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati