Ру O`z En

“YOSHLAR OYLIGI” MUSOBAQALARI SOVRINDORLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

Xabaringiz bor iyun oyi boshlanishi bilan jamiyatimizda Yoshlar oyligi doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalariga start berilgan edi. Yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida korxonamizning tarkibiy bo‘linmalari yoshlari bajonidil ishtirok etdilar va o‘rin egallagan xodimlar g‘alaba munosabati bilan taqdirlandilar.

        “Stol tennisi” sport turlari boʻyicha erkaklar oʻrtasida o‘tkazilgan musoqada  omad Elektr ta’minoti sexi xodimlariga kulib boqdi va faxrli birinchi o‘rinni Abduxamid Maxamadaliyev, ikkinchi o‘rinni  Izzatulloh Qosimov hamda  uchinchi o‘rinni Shohruh Rustamovlar egalladilar.

       Shuningdek “Arqon tortish” bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1-o‘rin Sanitar laboratoriyasi, 2-o‘rin SA va SKQT sexi va uchinchi o‘rin Xlorat magniy defolianti sexi xodimalariga nasib etdi.   Erkaklar o‘rtasida esa birinchi o‘ringa Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash, ikkinchi o‘ringa Qutqaruv otryadi, uchinchi o‘ringa Elektr ta’minoti sexi yigitlari sazovor bo‘ldilar.  

     G‘olib va sovrindorlar korxona Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.  

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech