Ру O`z En

YOSHLAR UCHUN PSIXOLOGIK TRENING – MUVAFFAQIYAT VA XARIZMA SIRLARI!

Joriy yilning 14-avgust kuni korxonamizda yosh xodimlar uchun psixologiya fanlari doktori Nargizaxon Abdusattorovna Ergasheva ishtirokida psixologik seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir korxona Yoshlar ittifoqi kengashi faol ishtirokida tashkil etildi.

Treningning asosiy mavzulari – muvaffaqiyatga erishish sirlari va maqsad qo‘yish san’ati. Ishtirokchilar shaxsiy rivojlanish texnikalari, samarali muloqot ko‘nikmalari, xarizmatik yetakchilik sirlarini o‘rgandilar.

Amaliy mashg‘ulotlarda tana tili, mimika, nutq ohangidan samarali foydalanish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. Yakunda faol yoshlar psixolog muallifligidagi qimmatli kitoblar bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarning o‘ziga ishonchi va yetakchilik salohiyatini oshiradi – bu esa korxonamizning kelajagi uchun mustahkam asosdir!

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech