“YOSHLARDA KASBIY KOMPONENTLIK, INNOVATSION G‘OYALAR VA SHAXSIY TAJRIBANI OSHIRISHDA-MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISH” MAVZUSIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING TASHKILLANDI
Korxonada faoliyat yuritadigan yoshlar orasida o‘zini-o‘zi baholash borasida korxona psixologi hamda yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan “Yoshlarda kasbiy komponentlik, innovatsion g‘oyalar va shaxsiy tajribani oshirishda-motivatsiyani shakllantirish” mavzusida psixologik seminar-trening tashkillandi.
Seminar-treningda korxona Ayollar Kengashi raisi, yuzdan ziyod jamiyatimiz yoshlari hamda turli-xil bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Ushbu seminar-trening maqsadi korxona yoshlarini har tomonlama o‘rganib, ularning turmush tarzlari hamda ish faoliyatlarida qanday muammolar borligini aniqlash, shuningdek, kasbiy rivojlanishdagi uchrab turadigan muammolarni tizimli bartaraf etishda amaliy yordam berishni ko‘zlagan.
«Farg‘onaazot» AJ matbuot xizmati