Ру O`z En

YUQORI DARAJALI HUQUQIY SAVODXONLIK MAMLAKATNI TARTIBGA SOLADI

Korxonaning majlislar zalida ishchi-xodimlarning huquqiy savodlarini yanada oshirish, jamiyatimizda yangi qabul qilingan qonun, farmonlar bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

    Jamiyatning yuridik bo‘limi tomonidan barcha sex va boshqarmalarning ma’naviyat, xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmasi va yoshlar yetakchi mas’ullari ishtirokida “Huquqiy savodxonligimizni oshiramiz” mavzusida tashkil etildi. Seminarda yuridik bo‘limi boshlig‘i Nasiba Mahkamova Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 23-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 6-aprelda ma’qullangan O‘RQ-829-son qonuni bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, korxonada Odob-axloq kodeksiga amal qilish, ichki tartib borasida so‘z yuritdi.

     Seminar yakunida barcha qantashchilarga o‘z sex va boshqarmalarida xodimlar bilan mazkur mavzular bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishlari aytib o‘tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech